Henan Investment Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi
2025-01-10 18:40:00 / Yangiliklar
2025-yil 10-yanvar kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Henan Investment Group vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda geologiya va tog‘-kon sanoatida o‘zaro hamkorlik, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, energetika tizimi uchun xomashyo bazasini shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari O‘zbekistonda doimiy faoliyat olib boruvchi ishchi guruh tuzgan holda Henan Investment Group vakolatxonasini ochish, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga iqtisodiy hissa qo‘shish muhimligini ta’kidladilar.