audio

    16+
    Hudud

    O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi.

    Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 143 km, Qozog'iston — 2356,31 km., Qirg'iziston — 1476,12 km., Tojikiston — 1283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1831,49 km ni tashkil etadi.

    • view_icon 11516
    Oxirgi yangilanish: 2023-11-15 16:42:18