Asosiy kontentga o'tish

Davlat xaridlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli “Davlat xaridlari tizimini yana-da takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2020-yil 1-apreldan boshlab davlat xaridlari bo‘yicha jarayon savdolarining elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat xaridlari jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinishi va xaridlarni elektron tartibda amalga oshirilishi davlat xaridlari bozorida oshkoralik va raqobatni ta’minlash, narxlarning pasayishiga va byudjetni tejashga olib keladi.

Normativ-huquqiy baza 

O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlarining maxsus axborot portali 

Ushbu Portal O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga muvofiq, vakolatli organ tomonidan yuritiladigan va davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, davlat xaridlari natijalari, ishtirokchilarning takliflari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlarni elektron shaklda ko‘rishni, shuningdek, elektron davlat xaridlari tizimlari operatorlari tomonidan amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari to‘g‘risida kiritilgan (yuborilgan) ma’lumotlarni to‘plashni ta’minlovchi veb-sayt (maxsus elektron platforma) maxsus axborot portali hisoblanadi.

Markaziy portal davlat xaridlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni jamlab, tashqi elektron tizimlar bilan elektron o‘zaro aloqani ta’minlaydi.

Amaldagi elektron savdo maydonchalari ro‘yxati 

2020 – 2029

18161

Oxirgi yangilanish: 2024-03-29 12:22:24