O‘zbekiston va BMT Intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda
2025-05-27 15:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda intellektual mulk sohasidagi islohotlar, istiqbolli yo‘nalishlar va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda 70 ga yaqin huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, 45 tasi qabul qilindi. Patent bojlari kamaytirildi, huquqbuzarliklarga qarshi choralar kuchaytirildi, hamda kichik biznes subyektlariga imtiyozlar belgilandi.
Shuningdek, quyidagi muhim hamkorliklar amalga oshirilgani qayd etildi:
▪️ “WIPO Alert”, “IP Diagnostics” loyihalari joriy etildi;
▪️ Texnoparklar uchun seminar, “Ayollar va innovatsiyalar” tashabbusi o‘tkazildi;
▪️ Geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanmoqda;
▪️ “WIPO for Creators” platformasi va yangi mobil ilova ishlab chiqilmoqda.
Daren Tang O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuqori baholab, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.