Nufuzli xalqaro tashkilot IBSA bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda
2025-05-19 09:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, O'zbekiston ko'zi ojizlar sport federatsiyasi raisi Otabek Ergashev ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar oʻrtasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar mehmonlar tomonidan alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, IBSA (Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi) bilan hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan tashkilot bilan hamkorlikda kelgusida yuqori nufuzli xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish masalasiga e’tibor qaratilib, IBSA mutasaddilarining bu boradagi takliflari eshitildi.
Yakunda tomonlar uchrashuv natijalarini ijobiy baholab, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Ma’lumot oʻrnida aytish joizki, IBSA — Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi 1981 yilda Fransiyaning Parij shahrida tashkil etilgan. Federatsiyaning asosiy maqsadi — ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlarning jamiyatga to‘liq integratsiyasini ta’minlash hamda ularni sportga jalb qilishdir. IBSA — Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining to‘laqonli a’zosi sanaladi.
Bugungi kunda IBSA tashkilotiga 117 ta davlat a’zo hisoblanadi