Tashqi ishlar vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
2025-05-15 08:55:00 / Yangiliklar
13-may O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirish, hamda mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, TDT doirasidagi hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.