Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
2025-05-13 09:20:00 / Yangiliklar

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi sammiti har ikki mintaqaning tarixiy va madaniy aloqalariga yangi nafas bag‘ishlagani ta’kidlandi. Mazkur sammitda o‘rnatilgan aloqalar ikki tomonlama manfaatlarga asoslangan hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochgani va aynan shu salohiyatdan foydalanish, xalqaro miqyosda hamkorlikni chuqurlashtirishni davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida, ta’limdan tortib yashil energiya va innovatsion texnologiyalargacha bo‘lgan sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar birgalikda mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalarni hal etishda faollik ko‘rsatishga va yangi tashabbuslarni ilgari surishga kelishib oldilar.
Ayni paytda, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali strategiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, mintaqaviy va global miqyosda barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yangi imkoniyatlarni yaratish uchun qo‘shma ishlar davom ettiriladi.