Sport vaziri Adkham Ikramov Xalqaro Alpagut federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi
2025-05-07 09:30:00 / Yangiliklar
Dastavval, mehmonga Davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar ushbu sport turini ommalashtirish, hamkorlik va kelgusi musobaqalar yuzasidan takliflarini bildirib o'tishdi.
Uchrashuv yakunida tajriba almashish va hamkorlik aloqalarni yanada yaxshilash boʻyicha kelishib olindi.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, Butunjahon alpagut federatsiyasi (World Alpagut Federation, WAF) — 2014-yilda Alpagut jang sanʼatini rivojlantirish hamda boshqa mamlakatlardagi Alpagut klublari va federatsiyalarini boshqarish maqsadida tuzilgan xalqaro sport tashkiloti hisoblanadi. Dunyodagi 50 dan ortiq davlatda WAFning rasmiy vakillari, klublari va federatsiyalari mavjud.