Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2025-04-24 09:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratdilar.
Muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirish hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim, innovatsiya, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.