“Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumi
2025-04-15 09:55:00 / Yangiliklar

Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.
Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi.
Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.
Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:
- respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
- oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
- inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
- oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.
Forum oʻz ishini davom ettirmoqda.