Fransiya davlati bilan xalqaro hamkorlik masalalari mustahkamlanmoqda
2025-04-08 10:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-aprel kuni Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Tashpulatov hamda Fransiya Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Fransiyaning razvedka va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha milliy muvofiqlashtiruvchisi janob Paskal Mayos (Pascal Mailhos) oʻrtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir jarayonida tomonlar oʻzaro amaliy hamkorligining dolzarb yoʻnalishlari, xususan, terrorizm va ekstrimizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda oʻzaro tajriba almashish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.