Hamkorlikning yangi bosqichi
2025-04-08 09:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda adliya vaziri BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistonda qonun ustuvorligi, insonhuquqlari, odil sudlov, inklyuzivlik, gender tengligi, davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda qo‘shayotgan hissasini yuqori qadirlashini hamda tashkilot ushbu yo‘nalishlarda vazirlikning asosiy hamkorlaridan biri ekanligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda Adliya vazirligi bilan BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida davlat xizmatlarini rivojlantirish hamda qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini kuchaytirish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xususan, ushbu loyihalar doirasida davlat xizmatlarini monitoring qilish uchun “Situatsion markaz” tashkil qilindi, “Lisenziya” va
“E-Apostil” kabi axborot tizimlari yaratildi, “Yuridik yordam” axborot tizimi takomillashtirildi.
I. Jivkovich o‘z o‘rnida, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, mamlakatda qonun ustuvorligi va hukumatning shaffofligini ta’minlashda Adliya vazirligi muhim o‘rin egallashini qayd etdi.
Taraqqiyot Dasturi O‘zbekistonda BMtning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirishda faol ishtirok etishini ma’lum qildi.
“Hozir farzand ko‘rgan ona oldingidek 4-5 ta takshilotga borib hujjatlarni rasmiylashtirishga majbur emas, birgina tug‘ruqxonaning o‘zida qilgan murojaati asosida barcha zarur xizmatlarga ega bo‘ladi va xalqaro hamjamiyatga na’muna sifatida ko‘rsata oladigan tajriba” dedi uchrashuvda ishtirok etgan BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii xonim.
Ma’lumot uchun: Hozirda farzand tug‘ilganligini qayd qilish bilan bir vaqtda 6 turdagi (shifoxonadan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olish, FHDYO organida tug‘ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish) xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi kompozit davlat xizmatlari ko‘rsatilishi joriy qilingan.
Uchrashuv yakunida, tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa hamkorlik yuzasidan atroflicha fikr almashib, huquq va adliya sohasida o‘zaro istiqbolli aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.