Xalqaro hamkorlik masalalari tizimli rivojlanmoqda
2025-02-25 16:15:00 / Yangiliklar
Joriy yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smart bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda, tomonlar soʻnggi davrda yurtimizda Davlat rahbari boshchiligida inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sud-huquq sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot almashdilar.
Doʻstona va konstruktiv muloqot jarayonida tomonlar ikki davlat huquqni muhofaza qilish idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mazmunan yangi bosqichga koʻtarish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlikka oid boshqa masalalarni muhokama qildilar.