Sport vaziri hamda FIDE prezidenti maslahatchisi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi to‘g‘risida
2025-02-06 10:15:00 / Yangiliklar
Sport vaziri Adkham Ikramov hamda FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgabayev oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda shaxmat sportini rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi alohida taʼkidlandi.
Ayniqsa Oʻzbekiston shaxmatchilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda erishayotgan gʻalabalari e'tirof etildi.
2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kelgusidagi rejalar bo'yicha kelishib olindi.