Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2025-02-06 10:05:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova tomonidan Qaror ijrosi bo‘yicha tizimda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Joylarda Qo‘mita mas’ul xodimlari va ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Milliy gvardiya qumondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayevalar so‘zga chiqib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalarini aytib o‘tdi hamda hamkorlikda erishiladigan natijalar haqida ma’lum qildi.
Yig‘ilishda shuningdek, milliy qadriyatlar va liboslarni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilinib, amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maryam Ahmedova o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqish qildi.