“Rothschild&Co” kompaniyasi vakillari bilan mamlakatimizda xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi
2025-01-17 17:20:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda “Rothschild&Co” kompaniyasining boshqaruvchi direktori, MDH bo‘yicha rahbari Jovanni Salvetti, kompaniyaning qayta qurish va moliyalashtirish bo‘yicha maslahatchisi Saymon Bard hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayev, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bank-moliya sohasini yangi bosqichga ko‘tarish va davlat ishtirokidagi banklarni xususiylashtirish, xususan, energetika sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni transformatsiya va modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, suhbatda tomonlar banklarni xususiylashtirish yuzasidan “Rothschild & Co” kompaniyasining tajribasi, “O‘zsanoatqurilishbank” bankini xususiylashtirish jarayonlari, xususan, ushbu jarayonlarda muvaffaqiyatli tajribalar va samarali mexanizmlardan foydalanish yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: “Rothschild&Co” moliyaviy–xolding kompaniyasi hisoblanadi. “Rothschild” kompaniyasi bank faoliyati sohasida investitsiya-bank xizmatlari, korporativ bank xizmatlari, xususiy kapital qo‘yilmalar, aktivlarni boshqarish va xususiy bank xizmatlarini qamrab oladi.