Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-01-15 10:40:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.
Jumladan, adliya vaziri A.Toshqulov xorij tomoniga maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yurituvchi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi («ENTERPRISE UZBEKISTAN») va uning huzurida Xalqaro tijorat sudini tashkil etish, milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish hamda siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
S.Chakrabarti o‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi va uning huzurida tashkil etilayotgan sud xalqaro standartlariga mos kelishi kerakligini ta’kidlab, bu borada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Mazkur soha hamda xalqaro reyting va indekslar sohasida xalqaro ekspertlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, S.Chakrabarti JSTga a’zolik masalasi murakkabligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida yaqin orada JSTga a’zo bo‘lishga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi adliya va huquq tizimida xalqaro va milliy islohotlarda yaqin hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirilar.