Xotin-qizlar muammolari bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi
2025-01-15 09:40:00 / Yangiliklar
Jumladan, Sirdaryo viloyatida xotin-qizlarni daromadga o‘rgatish, tadbirkorligini rivojlantirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, reproduktiv salomatlikka rioya etish borasidagi amaliy ishlarni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu asosda hududda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash, oila institutini mustahkamlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshilgan ishlar manzilli o‘rganiladigan bo‘ldi.
O‘rganishlar va mavjud holat hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining qator idoralar bilan maqsadli hamkorlik dasturlari imzolanib, ijroga qaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan yo‘nalish masʼullariga aniq va vazifalar belgilab berildi va ijrosi nazoratga olindi.