Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
2025-01-08 09:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, butun Markaziy Osiyo mintaqasi ravnaqini yuksaltirish hamda global masalalarni hal etishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar birodarlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, ushbu mustahkam asosga ega bo‘lgan aloqalar 2025-yilda ham mamlakatlar uchun yanada ulkan yutuqlar olib kelishiga ishonch bildirildi.