O‘zbekiston va Rossiya transport vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-11-20 11:00:00 / Yangiliklar
"Transport haftaligi – 2024" doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Rossiya Federatsiyasi transport vaziri Roman Starovoyt o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikda temir yo‘l infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanish masalalarini muhokama etishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar vazirliklar o‘rtasida temir yo‘l infratuzilmasini qurish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Moskvada "Transport haftaligi – 2024" tadbiri o‘z faoliyatini boshladi. Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi tomonidan 17-marotaba tashkil etilgan tadbir doirasida "Transport-2024" forumi va ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda.