“M360 GSMA” sammiti keyingi yil Toshkentda o‘tkaziladi
2024-11-20 09:15:00 / Yangiliklar
Sammitda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov taqdimot bilan chiqish qildi. Vazir o‘z ma’ruzasida mamlakatning axborot texnologiyalari salohiyati, soha rivojlanishi uchun amalga oshirilgan tashabbuslar, kadrlar tayyorlash va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidladi.
Marosimning keyingi qismida esa vazir kelgusi yilda mazkur tadbir ilk bor Toshkentda o‘tkazilishini tasdiqlovchi ramziy estafetani qabul qildi.
Yopilish marosimida vazirning O‘zbekistonda bo‘lajak sammitni tashkil etish mas’uliyatini rasman o‘z zimmasiga olishi muhim voqea bo‘ldi.
“M360 GSMA”ning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim qadam bo‘ladi.
Shuningdek, bu texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.