Sport vaziri xalqaro tashkilotlar prezidentlari bilan uchrashdi
2024-09-26 09:10:00 / Yangiliklar
Sport vaziri Adkham Ikramov, vazir maslahatchisi Avazjon Karimov hamda Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) prezidenti Roy Beyker, ARISF (XOQ tomonidan tan olingan xalqaro sport federatsiyalari assotsiatsiyasi) prezidenti Rafeyl Kyulli va Xalqaro aralash yakkakurashlar federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) prezidenti Roy Beyker O'zbekiston oxirgi yillarda sport sohasida rivojlanish jadallashib borayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.
Dastavval, mehmonlarga davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, aholi o'rtasida sportni ommalashtirish bo'yicha erishilayotgan yutuqlar va yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risidagi taqdimot bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan Kikboksing boʼyicha birinchi Jahon kubogi to'g'risida fikrlar almashildi.