Asosiy kontentga o'tish

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish

 

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish

Bu qanday ishlaydi?
  1. Foydalanuvchi so‘rovnomani to‘ldirib yuboradi.
  2. Taqdim etilgan kvitantsiya bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.
  3. QR-kod qo‘yilgan ruxsatnomani oladi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Bog‘lanish: +99871 267-63-15

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnomasi (texpasport).

Xizmatni ko‘rsatish muddati:

  • To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 2 soat mobaynida.
  • To‘lov amalga oshirilmagan (noto‘g‘ri shakllantirilgan) arizalar 10 kundan so‘ng avtomatik ravishda o‘chiriladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab:

  • engil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning engil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari etib belgilandi.

O‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda

Bevosita murojaat qilish orqali
  • orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — BHMning 5 (besh) baravari miqdorini,
  • yuridik shaxslar uchun — BHMning 10 (o‘n) baravari miqdorini

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar

  • yuridik shaxslari uchun — BHMning 20 (yigirma) baravari miqdorini;
  • orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — BHMning 50 (ellik) baravari miqdorini
  • yuridik shaxslar uchun — BHMning 50 (ellik) baravari miqdorini

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar

  • yuridik shaxslari uchun — BHMning 80 (sakson) baravari miqdorini tashkil etadi.

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (tonirovka) ruxsatnoma olish