Asosiy kontentga o'tish

IT maktablar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
  • o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan «Bir million dasturchi» loyihasini maktab o‘quv dasturlariga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kompьyuterda dasturlash asoslarining chuqur o‘rgatilishini tashkil etish;
  • o‘quvchilarni o‘qitish va bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini joriy qilish, shu jumladan raqamli o‘quv vositalari va masofaviy ta’lim shaklini keng qo‘llash, shuningdek, ta’lim jarayonini umumiy kasb mahoratini shakllantirishga yo‘naltirilgan fanlararo modullardan foydalangan holda tashkil etish;
  • o‘quv dasturlarining raqamli iqtisodiyot talablariga moslashishini ta’minlash va bu borada ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat idoralari va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • o‘quvchilarning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun sharoitlar yaratish, ularning ushbu yo‘nalishga qiziqishini oshirish. 

  • 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilari «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilinadi.
  • 2021-yil 1 yanvardan boshlab A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari negizida umumta’lim maktablarining «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.

2021-yil 1 sentyabrdan boshlab raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.

Oliy ta’lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

umumta’lim maktablarining «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli va kamida bir yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish shaklida to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

  • Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar ro‘yxati
IT maktablar