Asosiy kontentga o'tish

Elektron tijorat nima?

Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir.

Elektron tijoratning asosiy printsiplari:
  • elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
  • elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;
  • elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
  • elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi.

Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.

Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.

Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
  • elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);
  • elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;
  • elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.

Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Elektron tijorat nima?