Ish yuritishni tugatish
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, davlat bojini byudjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risidagi Plenum qarori
- Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risidagi Plenum qarori
- Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risidagi Plenum qarori