Bank omonati (depoziti)
Bank omonati (depozit) – milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi bo‘lib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti bilan beriladi.
- Bank omonati ochish uchun bankka faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
- Bank omonati shartnomasi bank va mijozlar o‘rtasida yozma shaklda tuzilib, bir nusxasi omonatchida qoladi.
- Har qanday muomalaga layoqatli shaxs o‘z nomiga yoki boshqa shaxs nomiga omonat ochishi mumkin.
- Omonatning eng kam va eng ko‘p miqdorlari har bir bank tomonidan mustaqil o‘rnatiladi.
Omonat qoldig‘i, kirim-chiqim operatsiyalari, omonat muddati tugashi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa zarur ma’lumotni omonatchi mobilь ilovadan foydalangan holda yoki o‘rnatilgan infokiosklar yordamida yoxud Internet tarmog‘ida bankning veb-saytida ochilgan shaxsiy kabinetiga kirib olishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni banklarning rasmiy veb-saytlaridan olish mumkin.