16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.
- TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.
Vakolatli organ: yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi
- Tibbiy xulosa olish uchun bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompьyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar) taqdim etiladi.
Xizmat uchun to‘lov: bepul