Talabalarga stipendiya to‘lash
Birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
- OTMlarda talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun har bir o‘quv yilida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida stipendiya komissiyasi tashkil etiladi.
- Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxati OTM rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
- Stipendiyalarning belgilangan miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
- 2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.