Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish
Fuqarolarni qayd etish — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishi faktini ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olishdir.
- Vaqtincha qayd etish shaxsning o‘zi belgilagan istiqomat joyida bo‘lishi davrida amalga oshiriladi.
- 2020-yil 1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi talab qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali «yagona darcha» tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini «Manzil» tizimi orqali doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish:
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — 2020-yil 1 sentyabrdan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2021-yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
► Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini buzganlik O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi.
- Manzil-ma’lumot axborotlarini olish uchun havolaga o‘ting.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida Pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni