Er uchastkasiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish
Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish - yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini, shu jumladan bitimlar asosida vujudga kelishini, uzatilishini, cheklanishini, bekor qilinishini tan olish va tasdiqlashning huquqiy hujjati.
- Jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli er uchastkalaridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
- Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun haq olinadi.
- Ro‘yxatga oluvchi, ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
- Agar taqdim etilgan hujjatlarda kichik texnik kamchiliklar bo‘lsa va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lsa yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, ro‘yxatga oluvchi 1 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishni 3 ish kunigacha to‘xtatib turishga qaror qiladi va qarorni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi.
- Erga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kadastr organlariga murojaat qilish lozim.
- Davlat xizmatlari markazlari manzillari haqida ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.
- Erga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida to‘liq ma’lumotni havola orqali olish mumkin.