Tug‘ilishni qayd etish tartibi
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish uchun ichki ishlar organi, vasiylik va homiylik organlari, bola parvarishlanayotgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiy muassasa tomonidan bola topib olingan (tashlab ketilgan) joydagi FHDYo organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beriladi:
Tug‘ilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin bo‘lgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish bola tug‘ilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan konsullik okrugidagi konsul tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. FHDYo organi tomonidan chet elda tug‘ilgan, lekin tug‘ilishi o‘sha davlatlarda qayd etilmagan bolaning tug‘ilishini qayd etishda quyidagi hujjatlar talab etiladi.
16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 16 yoshdan oshgan, tug‘ilishi qayd etilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Tug‘ilishni qayd etganlik uchun to‘lov undiriladi.
Tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berganlik uchun BHMning 10 foizi.
Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi: Vafot etgan shaxsga nisbatan tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning tug‘ilganligi haqida ma’lumotnoma berilishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun BHMning 15 foizi davlat boji undiriladi.
- FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- FHDYo organi qabuliga yozishi uchun quyidagi havolaga o‘ting.