Asosiy kontentga o'tish

Hududiy rivojlanish

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni taʼminlash bo‘yicha taʼsirchan choralar ko‘rildi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va taʼlim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini uzoq yillar qiynab kelgan masalalarni hal qilishga byudjetdan 8 trillion so‘m yo‘naltirildi. “Tashabbusli byudjet” doirasida 8 millionga yaqin aholi takliflaridan kelib chiqib, mahallalardagi loyihalarga 2,5 trillion so‘m ajratildi. Bunda hududlarning qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlaridan shakllangan 16,5 trillion so‘m ham hududlar infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirildi.

 

16020

Oxirgi yangilanish: 2023-02-07 16:02:28