Asosiy kontentga o'tish

Investitsiyalar, sanoat va savdo

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

Kudratov Laziz Shavkatovich

Kudratov Laziz Shavkatovich

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi. Bu sohaga zarur sharoit yaratish maqsadida so‘nggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shuningdek, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomashyo bilan ta’minlash uchun geologiya-qidiruv ishlari 3 barobar ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.

Bu hududlar rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Birgina qurilish materiallari bo‘yicha 220 ta loyiha ishga tushirilib, viloyat sanoatida bu sohaning ulushi 20 foizdan oshdi.

Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyiha amalga oshirilgan. Namanganda tashkil etilgan 54 ta yangi kichik sanoat zonasida 2022-yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshgan.

15792

Oxirgi yangilanish: 2023-02-23 21:39:36