Asosiy kontentga o'tish

Raqamli texnologiyalar va Transport

Shermatov Sherzod Xotamovich

Shermatov Sherzod Xotamovich

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri - Bosh Axborot Direktori (CIO)

+99871 238-41-07info@digital.uz
digital.uz
Har oyning birinchi va oxirgi haftasining payshanba kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha
Maxkamov Ilhom Rustamovich

Maxkamov Ilhom Rustamovich

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” STRATEGIYASI
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ishlab chiqilgan.
 

So‘nggi uch yilda axborot texnologiyalari sohasiga katta eʼtibor qaratilgani o‘z natijasini beryapti. O‘tgan yili IT-park rezidentlari 5 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatgan, 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qilgan.

Mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan o‘tgan yili 12 million aholi foydalangan. Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot va hujjatlarni aholidan talab qilish bekor bo‘lgan.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT-arxitektor, operator va muhandislar kerak. Hududlarda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘ini kengaytirish lozim. Xorijiy IT-kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarur. Aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo‘lgan yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish joiz.

So‘nggi ikki yilda yurtimizda 215 ta IT-taʼlim markazlari ochilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi ham o‘z samarasini berdi. Hozirda IT-parklar mutaxassislarining ko‘pchiligi shu dasturni tamomlagan yoshlar hisoblanadi. Endi yoshlarni “Coursera” platformasi orqali o‘qitish ham kengaytiriladi. Ular orasidan eng iqtidorlilari tanlab olinib, alohida dastur asosida xalqaro IT-bozor uchun tayyorlanadi.

Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv ma’lumotlarga ishlov berish hamda ularni himoya qilish bo‘yicha dasturiy va texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish jarayonini tashkil etish, uning monitoringini va nazoratini amalga oshirishga qaratilgan axborot tizimlarini hamda resurslarini kiberhimoya qilishning yagona davlat tizimi joriy etilgan holda ta’minlanadi. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar, foydalaniladigan ishlov berish vositalaridan, jumladan, axborot texnologiyalaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni bilan tartibga solinadi.



Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini zamonaviy talablarga moslashtirish va texnik parametrlarni oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, hozirgi kunda va kelgusidagi amalga oshiriladigan loyihalarda sementobeton qoplamali yo‘llar qurishni, avtomobillar qayrilib olish joylarini yer ustidan yoki yer ostidan o‘tkazishni, yo‘l va ko‘priklar hamda transport yechimlarini mukammal loyihalash hisobiga xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil' yo‘llarda harakatlanishda xavfsizlikni va qulaylikni oshirishga e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda transport tarmoqlari izchil rivojlantirib kelinmoqda. Xususan, 2018-yilda Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilib, Xivagacha masofa 242 kilometrga qisqargan edi. Shu bilan birga, elektr poyezdining unumdorligi 4,5 barobar yuqoriligini inobatga olib, mavjud temir yo‘llar elektrlashtirilmoqda. So‘nggi yillarda Qarshi – Kitob, Pop – Namangan – Andijon hamda Qarshi – Termiz yo‘nalishlari elektrlashtirildi.

13722

Oxirgi yangilanish: 2024-01-31 14:15:09